Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi
Foto: AP Photo
Afgʻonistonda soʻnggi 48 soat ichida suv toshqinlari oqibatida kamida 20 kishi halok boʻldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kuchli yomgʻirlar minglab uylarni vayron qildi, qishloq xoʻjaligi yerlariga zarar yetkazdi. Logar viloyatida tabiiy ofat tufayli 35 kishi jabrlandi. Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni ancha koʻp.
Ijtimoiy tarmoqlarda Tolibon hukumatining yordamga chaqiruvchi videosi tarqaldi.
“Biz xalqaro hamjamiyatdan, xususan, islomiy mamlakatlar va gumanitar tashkilotlardan jabrlanganlarga zudlik bilan yordam berishlarini soʻraymiz”, dedi Tolibon hukumati vakili Zabihulloh Mujohid videomurojaatida.
Bu yil mamlakatda tabiiy ofatlar avj oldi. Iyun oyidagi qurgʻoqchilik va kuchli zilzila 1000 dan ortiq odamning umriga zomin boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring