Afgʻonistonda narkotik moddalar ishlab chiqarish dolzarb muammo — Emomali Rahmon

22:28 17 Sentyabr 2022 Dunyo
564 0

Foto: president.uz

Afgʻonistonda narkotik moddalar ishlab chiqarish va giyohvand moddalar savdosi dolzarb muammolar boʻlib qolmoqda, dedi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Samarqandda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti chogʻida.

Tojikiston prezidenti Afgʻonistondagi giyohvand moddalar kontrabandasi sababli SHHTning giyohvandlikka qarshi tuzilmasini yaratish gʻoyasini amalga oshirish haqida oʻylashni taklif qildi.

SHHT davlatlari xalqaro terroristik guruhlar oʻz pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etayotgan Afgʻonistondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishi va mintaqa xavfsizligiga xavf tugʻdirayotganini hisobga olib, birgalikda faol harakat qilishi kerak, deya qoʻshimcha qildi Tojikiston prezidenti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?