Afgʻonistonda ikkita terrorchilar tashkilotining mavjudligi saqlanib turibdi — AQSH 

02:09 21 Avgust 2021 Dunyo
795 0

Foto: AP

Afgʻonistonda ikkita terrorchilar tashkiloti — “Iroq va Shom Islom davlati” (ISHID) va «Al-Qoida»ning mavjudligi saqlanib qolmoqda. 

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi aytib oʻtdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, jangarilarning aniq soni AQSHga nomaʼlum.

Shuningdek, Pentagon vakili Afgʻonistonda amerikaliklarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, AQSH “Tolibon”ga bunday harakatlar qabul qilinmasligini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?