Afgʻonistonda fuqarolik pasportlarini berish qayta tiklandi

00:28 06 Oktyabr 2021 Dunyo
747 0

Arxiv surat

Uzoq tanaffusdan keyin Afgʻoniston poytaxti va viloyatlarida fuqarolarga pasport berish yana qayta tiklandi. 

Bu haqda “TOLOnews” telekanali Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi pasport boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Alam Gul Haqqoniyga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ayni paytda 25 mingga yaqin pasport oʻz egalariga berish uchun tayyor. Umuman, ikki oy ichida 170 mingdan ortiq odam pasport olish uchun ariza bergan. Hukumat, shuningdek, pasport stolida ishlagan ayollarni oʻz vazifalariga qaytishga chaqirgan.

Afgʻonistonda fuqarolarga pasport berish 15-avgustda, “Tolibon” harakati mamlakatda nazoratni oʻz qoʻliga olganidan soʻng toʻxtab qolgan edi. Qayd etilishicha, yangi berilayotgan pasportlarda davlatning nomi avvalgidek Afgʻoniston Islom Respublikasi sifatida koʻrsatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?