Afgʻonistonda 14 yil ichida 26.000dan ortiq bolalar harbiy harakatlar qurboni boʻlishdi

09:33 25 Noyabr 2020 Dunyo
180 0

Afgʻonistonda soʻnggi 14 yillik janglar sabab har kuni oʻrtacha hisobda besh bola qurbon boʻldi yoki jarohat oldi.

Bu haqda “Save the Children” xayriya tashkiloti hisobotida maʼlum qilindi.

BMT maʼlumotlariga koʻra, 2005-yildan 2019-yilgacha Afgʻonistondagi qurolli toʻqnashuvlar paytida kamida 26.025 bola nobud boʻlgan yoki nogironga aylangan.

“Save the Children” tomonidan taʼkidlanishicha, Afgʻoniston eng xavfli 11 davlatdan biri hisoblanadi.

Zero, oʻtgan 2019-yilda barcha global toʻqnashuvlar jarayonida kuzatilgan eng koʻp qotillik va jarohatlanishlar koʻrsatkichi Afgʻonistonga toʻgʻri kelgan: 874 afgʻonistonlik bolalar halok boʻlishgan, yana 2275 nafari jarohat olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?