Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari “Tolibon” harakatining bir nechta qoʻmondonini qoʻlga olgan

02:46 27 Iyul 2021 Dunyo
856 0

Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari bir vaqtning oʻzida “Tolibon” harakatining bir nechta qoʻmondonini hibsga oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi maʼlum qildi.

Hibsga olishlar Kobul va Gor provinsiyalari hududida aksilterror operatsiyalari paytida yuz bergan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, xavfsizlik kuchlari aholi punktlarini bogʻlaydigan avtomagistralni boshqarish, hujumlarni uyushtirish uchun masʼul boʻlgan “Tolibon” qoʻmondoni Muhammad Janni ham qoʻlga olgan. Yana bir qancha toliblar yoʻq qilingan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi katta yoʻl boʻyidagi qishloqlarni ozod qilish va radikal harakat aʼzolari tomonidan yoʻllarda oʻrnatilgan tankka qarshi beshta mina zararsizlantirilgani haqida xabar berdi.

Afgʻonistondagi vaziyat AQSH va NATO joriy yilning 1-may kuni Afgʻoniston hududlaridan oʻz qoʻshinlarini rasmiy ravishda olib chiqishni boshlaganidan soʻng keskinlashdi.

8-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH armiyasi Afgʻonistonni 31-avgustgacha toʻliq tark etishini maʼlum qildi. Unga koʻra, AQSH Afgʻonistonda diplomatik ishtirokini saqlab qoladi va mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga intiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?