Afgʻoniston Islom Amirligini kim boshqarishi maʼlum boʻldi

21:11 07 Sentyabr 2021 Dunyo
1979 0

Foto: Reuters

Afgʻoniston Islom Amirligi Haybatulloh Oxundzoda boshqaradi. U Afgʻoniston Islom Amirligi rahbari sifatida eʼlon qilindi.

Haybatulloh Oxundzoda

61 yoshli Haybatulloh Oxundzoda “Moʻminlar yetakchisi” nomi bilan tanilgan, islom huquqshunos olimi, guruhning siyosiy, diniy va harbiy ishlari boʻyicha yakuniy hokimiyatga ega boʻlgan “Tolibon”ning oliy rahbari edi. Oxundzoda 2016-yildan boshlab harakat rahbari vazifasini bajarishni boshlagan. Rahbar boʻlishidan avval, 15 yil davomida Pokiston janubi-gʻarbidagi Kuchlak shahridagi masjidda dars bergan va vaʼz qilgan.

Oldinroq, “Tolibon” harakati muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qilgani va hukumatni boshqarish vazifasi Muhammad Hasan Oxund zimmasiga tushgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?