Afgʻoniston hukumati tinchlik uchun Tolibonning yana 200 ga yaqin aʼzosini ozod qildi

22:26 02 Sentyabr 2020 Dunyo
662 0

Afgʻon hukumati anchadan beri ortga surib kelinayotgan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Tolibonning hibsdagi 200 ga yaqin aʼzosini qoʻyib yubordi, deya xabar beradi Afgʻonistonning 1TV telekanali chorshanba kuni Afgʻoniston Milliy Yarashish boʻyicha Oliy Kengashning matbuot kotibi Freidun Xvazunga asoslanib.

Tolibon deyarli yigirma yildan beri davom etib kelayotgan urushlarga barham beradigan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Afgʻon hukumatidan oʻzining soʻnggi 400 nafar aʼzosi qoʻyib yuborilishini talab qilgandi. Ushbu ozod qilingan 200 kishi toliblarning talab qilgan aʼzolarining bir qismidir.

Tolibon aʼzolari dushanba va seshanba kunlari Qobuldagi markaziy qamoqxonadan ozod qilingan. Xuddi shu paytda Tolibon ham oʻzi hibsga olgan hukumat maxsus kuchlarining olti nafar aʼzosini qoʻyib yubordi.

Qobul yaqin kelajakda mahbuslar almashinuvini yakunlab, toliblar bilan kelishuv boʻyicha muzokaralarni boshlashni kutmoqda. Xvazunning soʻzlariga koʻra, muzokara olib boruvchi guruh Doxaga borishga tayyor. 

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston hukumati shu paytgacha 4600 kishini qoʻyib yuborgan, qolgan 400 kishini esa ogʻir jinoyatlari uchun ozod qilishni istamayotgandi. Lekin oʻtgan oyda Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan katta kengashda Tolibon vakillarini ozod qilib, tinchlik muzokaralarini boshlashga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?