Afgʻoniston tomondan Oʻzbekiston bilan chegaradosh hududga beshta reaktiv snaryad kelib tushdi

20:16 05 Iyul 2022 Siyosat
672 0

Arxiv surat

2022-yil 5-iyul kuni soat taxminan 16:20 atrofida Oʻzbekistonning chegaraoldi hududiga katta ehtimol bilan Afgʻoniston hududidan uchirilgan beshta reaktiv snaryadlarning kelib tushgani qayd etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, snaryadlar tushganida portlashlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud boʻlmagan va vayronagarchiliklar yuz bermagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan 4 ta uy-joyga uncha yirik boʻlmagan ziyon yetgan, beshinchi snaryad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaryadlar sapyorlik boʻlinmalari tomonidan zararsizlantirilgan.

Hozirda Oʻzbekistonning vakolatli organlari Afgʻoniston tarafi bilan birgalikda mazkur hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?