Afgʻoniston AQSHdan mamlakatni qurol-yaroqlar va texnikalarsiz tark etishni talab qilmoqda

01:12 25 Aprel 2021 Dunyo
846 0

Afgʻoniston hukumati AQSH va NATOdan mamlakatni qurol-yaroqsiz va texnikalarsiz mamlakatni tark etishni talab qilgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi maʼlum qildi, deya xabar bermoqda mahalliy “Ariana News” telekanali.

“Bizga bu qurollar kerak va ularni AQSH bizga topshirishini istaymiz”, deydi vazirlik vakili. Taʼkidlanishicha, NATO missiyasi qoʻmondonligi qurol-yaroqlar va texnikalarni afgʻon rasmiylariga topshiradimi yoki yoʻqligini hali maʼlum qilmagan.

Ayni paytda telekanal oʻz manbalariga tayanib Afgʻoniston hukumati va NATO missiyasi qoʻmondonligi qurol-yaroqlar va texnikalar hamda harbiy bazalarni afgʻon harbiylariga topshirish boʻyicha ishchi guruh tuzilganini xabar qildi.

Joriy yilning 14-aprel kuni AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilishi 1-maydan 11 sentabrga qadar davom etishini maʼlum qildi.

U bu qarorni AQSH va Yevropa davlatlarining harbiy kuchlari barqaror afgʻon hukumatini yarata olmaydi va saqlab tura olmasligi bilan izohladi. Keyin qolgan NATO mamlakatlari ham ushbu davlatdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?