Afgʻoniston aholisining qariyb yarmi ocharchilik yoqasida — BMT donor mamlakatlarni favqulodda yordamga chaqirmoqda

03:27 26 Oktyabr 2021 Dunyo
552 0

Foto: news.un.org

Shoshilinch choralar koʻrilmasa noyabr oyida Afgʻoniston keng koʻlamli ocharchilikka boshlanadi. 

BMT hisob-kitoblariga koʻra, mamlakat aholisining yarmi, yaʼni qariyb 23 million kishi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechiradi. BU mazkur mamlakat uchun qaygʻuli yangi rekord boʻlib, Afgʻoniston hozir dunyodagi eng dahshatli gumanitar inqirozni boshdan kechirmoqda.

Jahon oziq-ovqat dasturi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqot mualliflari oʻz xulosalarini bir qancha omillar bilan bogʻlashgan: qurgʻoqchilik, mojaro, pandemiya va iqtisodiy inqiroz. 

“Oldinda sovuq qish turibdi va Afgʻonistonning ayrim hududlariga gumanitar tashkilotlar yetib bora olmaydi” deyiladi tadqiqotda.

BMTga koʻra, har ikkinchi afgʻon inqiroz deb tasniflanadigan vaziyatning uchinchi va hatto toʻrtinchi xavf darajasiga tushib qoladi. Oziq-ovqat bilan taʼminlash va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun xalqaro hamjamiyatning shoshilinch aralashuvi zarur. Aks holda Afgʻoniston gumanitar falokatga duch keladi.

“Qish kelishi va Afgʻonistonning katta hududlari bilan uzilishdan oldin yordamni tezlashtirish va uning masshtabini kengaytirish zarur”, deydi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti Bosh direktori Syuy Dunyuy. 

Uning qoʻshimcha qilishicha, aks holda, millionlab odamlar, jumladan, ayollar, yosh bolalar va qariyalar sovuq va ochlikka duch keladi. 

“Bu yerda gap hayot va oʻlim haqida ketmoqda. Koʻz oʻngimizda fojia sodir boʻlishini tomosha qilib oʻtirmasligimiz kerak. Bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi!”, deydi oʻz fikrini davom ettirib Syuy Dunyuy.

Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisliga koʻra, Afgʻonistonda allaqachon dunyodagi eng ogʻir inqirozli vaziyat kuzatilmoqda. 

“Millionlab afgʻonlar oldida bu qishda migratsiya yoki ochlik oʻrtasida tanlov oldida turibdi. Yagona yoʻl – yordam hajmini oshirish va Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash”, deydi u.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga koʻra, aprel oyidan beri Afgʻonistonda oziq-ovqat taʼminoti ogʻir ahvolda qolganlar soni 37 foizga oshgan. Maxsus xavf guruhida besh yoshgacha boʻlgan 3,2 million bola bor.

Agar ilgari asosan qishloq aholisi jabr koʻrgan boʻlsa, bugun shaharlarda ham vaziyat ayanchli ahvolda. Bundan tashqari, ommaviy ishsizlik oʻrta sinfni qashshoqlashishi va ochlikni yanada kengaytirishi mumkin. Qishloq xoʻjaligi va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi 7,3 million aholi ketma-ket toʻrtinchi yil qurgʻoqchilikdan aziyat chekmoqda.

BMTning Afgʻoniston boʻyicha gumanitar rejani atigi uchdan bir qismi moliyalashtir oladi. “Bu dengizdan tomchi”, deya ogohlantirmoqda BMT va donorlar davlatlarni vaʼda qilingan mablagʻlarni zudlik bilan ajratishga chaqirmoqda. 

Jahon oziq-ovqat dasturi 23 million kishiga yordam koʻrsatishni rejalashtirmoqda, buning uchun oyiga 220 million dollar talab etiladi.

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti fermerlar va chorvadorlarga yordam koʻrsatishni moʻljallamoqda. Tashkilotga koʻra, joriy yilda 3,5 million aholi koʻmak oladi. Buning uchun joriy yilda favqulodda yordamga qoʻshimcha 11,4 million, 2022-yil uchun har oyga 200 million dollar zarurligi aytilmoqda. Afgʻoniston aholisining 70 foizi qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?