Afgʻon ayollarining oʻqish va ishlash huquqi toʻgʻrisidagi qarorni Islom ulamolari kengashi qabul qiladi

22:28 18 Avgust 2021 Dunyo
1294 0

Foto: Reuters

Afgʻon ayollarining oʻqish va ishlash huquqi toʻgʻrisida qarorni Islom ulamolari kengashi qabul qiladi. Bu haqda “Tolibon” harakatining yuqori lavozimli vakili Vohidulla Hoshimiy aytib oʻtdi.

“Ulamolarimiz qizlarning maktabga borishiga ruxsat beriladimi yoki yoʻqligini hal qiladi”, degan u "Reuters" bilan suhbatda.

Hoshimiyning soʻzlariga koʻra, ulamolar ayollar uchun majburiy kiyimning qaysi shakli boʻlishini ham hal qilishlari kerak boʻladi. Avvalroq, “Tolibon” ayollardan yuzini ochiq qoldiradigan roʻmol bilan cheklanib, burqa kiyishni talab qilmagani haqida xabar berilgan edi.

Oldinroq “Tolibon” matbuot kotibi Zabiulla Mujohid harakat ayollarning jamiyatdagi rolini qadrlanishiga va ular mamlakatni barpo etishda oʻz roliga ega boʻlishiga ishonishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?