Advokat va fuqarolar fikrlari oʻrganildi

18:40 18 Avgust 2022 Jamiyat
356 0

2022-yilning 18-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Komissiya aʼzolari ishni advokatlar bilan uchrashishdan boshladi.

Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻistondagi voqealar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan advokatlar bilan navbatma-navbat uchrashib, har bir holatni sinchiklab oʻrganishmoqda.

Mazkur uchrashuvda eng avvalo, jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslar bilan uchrashish boʻyicha qarshiliklar bor yoʻqligi soʻraldi.

Shuningdek, Advokatning himoyasida boʻlgan shaxsning hozirgi holati va u tomonidan biror bir masalada shikoyat va eʼtirozlar bildirildimi degan savollarga javob olindi.

Advokatlar tomonidan mijozining jinoyat ishiga bogʻliq holatlar, tergov jarayonlarining borishi va boshqa holatlar boʻyicha axborotlar bayon etildi.

Aytish lozimki, Komissiya shtabiga murojaat qilish istagida kelgan fuqarolar soni ham oshib bormoqda.

Advokatlar bilan uchrashuvdan soʻng, darhol fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Baʼzi murojaatchilar bundan oldin Komissiyaga taqdim qilgan murojaatlari boʻyicha tegishli tashkilotlardan javob xatlari olishganini bildirishdi. Fuqarolar murojaatlari tegishli tartibda oʻrganilib, nazoratga olinayotganini ijobiy baholashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?