Adolatli, xalqparvar, mehnatkash: Bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi

15:42 05 Mart 2021 Jamiyat
672 0

Ayni paytda parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq, davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida qonun hujjatlarini takomillashtirishda, joylarda saylovchilar bilan ishlashda, Qonunchilik palatasi faoliyatini OAVda yoritishda faollik koʻrsatgan bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi.

Shuhrat Togʻaymuratovich Polvonov — “Adolatli deputat”;

Maqsuda Azizovna Varisova — “Mehnatkash deputat”;

Rasul Xidraliyevich Kusherbayev — “Xalqparvar deputat”;

Polyante Gramitonovich Sveshnikov — “Faxriy deputat”.

Mazkur maqomlarga sazovor boʻlgan deputatlar hamda sobiq deputatlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?