Adolat har bir inson uchun!
Qoʻqon shahrida Oʻzbekiston “Adolat” SDPviloyat Kengashining “Adolat har bir inson uchun!”shiori ostida targʻibot aksiyasi boʻlib oʻtdi.
Aksiyada partiya faollari, mahalla aholisi, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Ular karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Mamlakatimizda xalqimiz uchun munosib hayot sharoitini yaratishga qaratilgan yangi vazifalarni, marralarni belgilash va ularga erishish borasidagi saʼy-harakatlar jadallik bilan olib borilmoqda. Partiya ham jarayonlarga dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. “Kuch — adolatda!”, “Adolat — hayotimizning bosh mezoni”, “Adolat — har bir inson uchun!” hamda sotsial-demokratiyaning eng muhim qadriyatlari boʻlgan — ijtimoiy adolat, erkinlik, birdamlik va imkoniyatlar tengligi gʻoyalariga tayanib, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi, kafolatlangan mehnat faoliyati erkinligi, keksa avlod vakillari va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga gʻamxoʻrlikni amalga oshirish va bu saʼy-harakatlarda adolat prinsipining ustuvorligini taʼminlashga eʼtibor qaratib kelmoqda. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, sud-huquq sohalarida aholi manfaatlarini taʼminlovchi muhim mezon keng tatbiq etilishini taʼminlashga qaratilgan targʻibot tadbirlarida keng jamoatchilik vakillari qamrab olingan.

Targʻibot tadbirida viloyat Kengashi raisi Sherzod Karimov soʻzga chiqib, joriy yilda boʻlib oʻtadigan muhim siyosiy jarayonlarga partiya faollari jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgani, bu borada hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi.
Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Ayniqsa, yoshlar oʻrtasida “Adolat” SDP gʻoya va maqsadlarini, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan, ularning ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuygʻusini yuksaltirish ruhidagi chiqishlar olqishlarga sazovor boʻldi.
Aksiya doirasida eng faol deputatlar taqdirlandi.
Elyorjon EHSONOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring