Adliya vazirligining vakolatlari kengaymoqda

18:21 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
416 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida dastlab “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini soddalashtirishga, jinoyatlarni darhol fosh etishni taʼminlashga, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi.

Ushbu hujjat jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatning tezkorligi va sifati oshishiga, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ortiqcha yuklamalardan ozod qilinishiga, asosiysi, mazkur sohadagi sud-tergov amaliyoti muammolarining bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasinig ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.

Qonun loyihasi bilan intellektual mulk sohasidagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

Shuningdek, Mehnat kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan holda, adliya organlariga mehnat nizosini koʻrish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi berilyapti.

Fraksiya aʼzolari har ikkala qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida ulardagi ayrim normalar yuzasidan mutasaddilarga koʻplab savollar bilan yuzlandi. Qonun loyihalarini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha tegishli tavsiyalar bergan holda mazkur hujjatlarni qoʻllab-quvvatladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер