Adliya boʻlimi feldsherning huquqini sudda himoya qildi

Illyustrativ foto
Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi navbatchi feldsheri U.Murodboyev 2020-yilning 7-avgustidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan “Mobil tez-tibbiy yordam brigadasi”siga 24 soatlik navbatchilik uchun oʻtkazildi.
Biroq, birlashma hisobraqamida mablagʻ yoʻqligi vaji bilan toʻlanishi lozim boʻlgan ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanmadi.
Xodim ish haqini undirishda amaliy yordam soʻrab Boyovut tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Umidjon Murodboyev tibbiyot birlashmasi bosh shifokori buyrugʻi bilan “Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida kechayu kunduz navbatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun mobil tez-tibbiy yordam brigadasiga” COVID-19 infeksiyasini oldini olishga jalb qilingan, ammo avgust — noyabr oylari uchun 5 454 000 (besh million toʻrt yuz ellik toʻrt ming) soʻm miqdorda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentyabrdagi 583-son qarori bilan tasdiqlangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qoʻshimcha toʻlovi oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari amalga oshiriladigan lavozimlar” roʻyxatda “Tez tibbiy yordam brigadalariga «oʻrta tibbiyot xodimi”ga har oyda 1,5 mln. soʻm toʻlanishi lozimligi belgilangan.
Bundan tashqari, “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidimiologiya xizmati va boshqa xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomning 1-bobi 3-bandida kunlik qoʻshimcha toʻlov, maxsus toʻlov va bir yoʻla beriladigan toʻlovlar barcha tibbiyot, sanitariya-epidimiologiya xizmati va boshqa tashkilotlar xodimlariga nisbatan tatbiq etilishi koʻrsatilgan.
Shuningdek, mehnat kodeksining 154-moddasiga muvofiq ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shart.
Yuqoridagilarga koʻra, Boyovut tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro Umidjon Murodboyev manfaatida Fuqarolik ishlari boʻyicha Boyovut tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Adliya aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy yechim topdi, sudning hal qiluv qarori bilan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi hisobidan Murodboyev Umidjon Isoqboy oʻgʻli foydasiga jami 5 454000 soʻm miqdorda ish haqiga tenglashtirilgan pul mablagʻini undirish belgilandi.
Otabek Xolmatov, Boyovut tuman adliya boʻlimi boshligʻi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring