Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining vitse–prezidenti lavozimiga saylandi

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Ayni kunlarda Hindistonning Puna shahrida Kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida XIII Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
24-noyabr kuni Puna shahridagi Ramada mehmonxonasi konferensiya zalida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi.
Kongressda assotsiatsiya tarkibidagi 70 ga yaqin davlatlar Kurash federatsiyalari vakillari, qitʼaviy Kurash konfederatsiyalari Prezidentlari, IKA ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ishtirok etishdi.
Kongressni IKA Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo oʻyinlari Bosh direktori Haydar Farmon boshqarib bordi.
Kun tartibidan oʻrin olgan 20 ga yaqin masalalar yakunida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasini Faxriy birinchi vitse–prezidenti lavozimiga saylandi.
Endilikda Adham Ikramov Kurash vatani vakili sifatida Kurashni dunyoda yanada rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumati tomonidan bevosita qoʻllab-quvvatlash masalalariga masʼul hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionati bahslari 28-noyabr kuni oʻz yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring