Abituriyentlarga test boʻladigan manzillarni koʻrsatuvchi ilova ishlab chiqildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-oʻquv yili qabulida OTMlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzilini koʻrsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
“ImtihonGo” mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan eʼlon qilingan 2020-2021 oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan.
Maʼlum qilinishicha, ilova mualliflari TATU magistri Gʻ.Nazarov hamda “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabasi H. Baxtiyorovlardir.
- Har bir yaratilgan dastur yoki startap qandaydir maʼnoda insonlarning ogʻirini yengil qilishi, ortiqcha vaqt, xarajatdan forigʻ boʻlishiga yordam berishi kerak. Biz ham “ImtihonGo” mobil ilovasi orqali mamlakatimizdagi minglab abituriyentlarni yaqin oylarda boʻlishi kutilayotgan test sinovlarini topshirishda ortiqcha qiyinchiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq yetib borishda koʻmak bermoqchimiz, – deydi loyiha muallifi Gʻ.Nazarov.
Ilovaga yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan binolar roʻyxati hamda geomanzillari toʻliq kiritilgan.
Agarda biror sabablarga koʻra DTM tomonidan koʻrsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, oʻzgartirishlari tezda qoʻshish va bu oʻzgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.
Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor boʻlib, uni Google Play platformasidan yuklab olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring