Abituriyentlar professional taʼlim muassasalariga kirish uchun ham roʻyxatdan oʻtishlari mumkin

Illustrativ foto
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
— abituriyent professional ta’lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi bilan bir xil bo‘lsa;
— abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa;
— professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.
Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa barcha abituriyentlar kabi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring