Abdurahmonov atrofida kim yurganini sezmaydimi? Prezident Andijon hokimini tanqid qildi

19:25 22 Aprel 2021 Siyosat
2662 0

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Prezident endi qonun ustuvor, jazo muqarrar boʻlishi taʼkidladi va rahbarlarni oxirgi bor ogohlantirdi. Shuningdek, davlat rahbari Samarqand va Andijon viloyatlaridagi korrupsiya holatlarini tilga oldi.

«Mana Samarqand viloyati hokimi oʻzi gapirib bersin pastda boʻgʻinda, maktabgacha taʼlimda, tibbiyotda qancha poraxoʻrlar borligini.

Mana Andijonda viloyat hokimligining bitta noinsofi 128 ming dollar olyapti, 30 ming dollar olyapti. Nima Abdurahmonov, xizmatning rahbari bilmaydimi, prokurori bilmaydimi? Abdurahmonov atrofida kim yurganini sezmaydimi? Bitta odamni norozi qilib 5 dollar olgan boʻlsa ham prezidentning siyosatiga xiyonat!», dedi Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?