Abdulla Aripov Gruziya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi

20:06 08 Aprel 2024 Siyosat
337 0

Gruziya Parlamenti Raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Vazirlar Mahkamasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar koʻp asrlik doʻstlik va oʻzaro hurmat tamoyillari asosida jadal rivojlanib borayotgani, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Bunda Hukumatlararo komissiya faoliyati muhim oʻrin tutishi, uning navbatdagi yigʻilishi kun tartibini ikkala tomon uchun ham birdek manfaatli boʻlgan loyihalar bilan boyitishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер