Abdulaziz Komilov Qirgʻiziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Ibrohim Junusovni qabul qildi

14:17 12 Yanvar 2022 Siyosat
484 0

2022-yil 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirgʻiziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Ibrohim Junusovni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Vazir Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga Elchining qoʻshgan hissasini yuqori baholadi. 

Ikka davlat oʻrtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalar sezilarli darajada jadallashgani eʼtirof etildi. Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalardagi boʻlajak tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.

Qirgʻiziston elchisi mamlakatimizda diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun Oʻzbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?