Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

14:29 24 Noyabr 2021 Siyosat
255 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) etib tayinlangan Jon Mikal Kvistadni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, Vazir elchini yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga omad tiladi.

Suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston — Norvegiya munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi muhokama qilindi. .

Boʻlajak tadbirlar, xususan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini oʻtkazish jadvali koʻrib chiqildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?