Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan uchrashdi
2021-yilning 27-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Ashxobod shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida turli yoʻnalishdagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan hududlararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Afgʻoniston inqirozini hal qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, mamlakatga insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatilishi muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring