Abdulaziz Komilov BMT Maxsus maʼruzachisi bilan uchrashdi

11:18 29 Noyabr 2021 Siyosat
672 0

2021-yil 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish, asosiy erkinliklarini ilgari surish boʻyicha maxsus maʼruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Foto: "Xalq so`zi / Hasan Paydoyev"

BMT Мaxsus maʼruzachisi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, boshqa davlatlarda ogʻir ahvolga tushib qolgan shaxslarga samarali yordam koʻrsatish, jumladan, Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan odamlarni, ayniqsa, ayollar va bolalarni vatanga qaytarish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afgʻoniston xalqiga tezkor insonparvarlik yordam koʻrsatish zarurligi haqida umumiy fikr bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?