Abdulaziz Komilov Bishkekda Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2019 yilning 22 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2019 yil 25 aprel kuni Pekin shahrida boʻlib oʻtgan “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rais Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuvi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga asosiy eʼtibor qaratdilar.
Vazirlar Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar va uning muvaffaqiyatli yakunlanishidan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladilar.
Uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring