A.Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti oʻqituvchilarini xalqaro imtihonlarga tayyorlash loyihasi amalga oshiriladi

14:47 22 Yanvar 2022 Jamiyat
295 0

Chet tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish borasida bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelayotgan A.Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti mazkur yoʻnalishda hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida nodavlat taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

A.Avloniy instituti Edu-Action tashkiloti rahbari U.Ishmuxamedov taklifi asosida informatsion texnologiyalar, xalq taʼlimi tizimidagi oʻqituvchilarning malakasini oshirish va xalqaro darajadagi imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish borasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Kelajakda tomonlar hamkorlik doirasida xalq taʼlimi tizimidagi oʻqituvchilarning IELTS va CAMBRIDGE ENGLISH ASSESSMENT kabi xalqaro imtihon, dasturlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirishda birgalikda harakat olib borishga kelishib oldilar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер