94 foiz holatda QQS summasini noqonuniy hisobga olish fakti tasdiqlandi

12:20 21 Fevral 2021 Iqtisodiyot
937 0

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni oʻrganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-fevral holatiga respublikamiz boʻyicha jami 2 358 ta korxonada 528,5 mlrd.soʻmlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) summalariga aniqlik kiritish boʻyicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.

Natijada:

– 2 216 ta, yaʼni 94 foiz korxonada (492,8 mlrd. soʻm) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;

– 57 ta, yaʼni 2,4 foiz (8,1 mlrd.soʻm) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;

– 85 ta, yaʼni nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 3,6 foiz soliq toʻlovchilar tomonidan 27,6 mlrd. soʻmlik QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olganligi holatlari boʻyicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tezkor jarayonlar boshlandi.

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 118 ta korxonalar tomonidan QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,3 mlrd.soʻmlik soliqlar qoʻshimcha hisoblandi.

Murojaatlarni koʻrib chiqish davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?