930 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan — MSK

16:29 14 Sentyabr 2021 Siyosat
230 0

Markaziy saylov komissiyasining Raisi Z. Nizomxoʻjayev olib borgan yigʻilish kun tartibidan Oʻzbekiston Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi MSK qaroriga muvofiq, Yaponiya, Gruziya, Rossiya Federatsiyasi, Tatariston va Belarus Respublikalaridan 6 nafar xorijiy kuzatuvchi roʻyxatdan oʻtkazildi.

Maʼlumotlarga koʻra, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari jami 930 nafarni tashkil etmoqda.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?