9-may tadbirlari karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkaziladi

22:05 06 May 2021 Jamiyat
966 0

Respublika maxsus komissiyasi 9-may — Xotira va qadrlash bayrami bilan bogʻliq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha axborot berdi.

Qayd etilishicha, aholi salomatligini saqlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yurtimizda 9-may — Xotira va qadrlash bayrami bilan bogʻliq ommaviy tadbirlarni faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PQ–5081-son qarori bilan tasdiqlangan 9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi doirasida karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirish zarur.
Bunda yuqoridagi dasturda nazarda tutilmagan boshqa har qanday ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi.

“Ushbu karantin chekloviga rioya etilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar, Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?