87 yoshli onaxon saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi

13:16 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
156 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻonalik 87 yoshli onaxon Koʻpaysin momo Mirzayev barcha mahalladoshlari qatorida Qoʻshtepa tumanidagi 700-saylov uchastkasiga kelib, oʻzi maʼqul topgan nomzodga ovoz berdi.

- Biz, nuroniylar bugungi dorilomon kunlar uchun hamisha duodamiz, - deydi onaxon. - Yurtimizdagi tinch-osoyishta, farovon hayot bardavom boʻlishiga tilakdoshmiz. Bugun farzandlarim, nevaralarim bilan mahallamizdagi saylov uchastkasiga keldim. Bu yerda saylovchilar uchun barcha sharoit muhayyo qilinibdi. Bizni shirinsoʻz bilan kutib olishdi. Oʻzim xohlagan nomzodimga ovoz berib, zimmamdagi yana bir muhim vazifani ado etdim, deb oʻylayman.

B. MADIYOROV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?