82 500 AQSH dollariga yer maydoni sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

16:44 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
363 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.Sh. va F.B.lar “L.M.” MCHJga Zangiota tumanida yangi texnologiyalar asosida issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,5 gektar yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yoʻli bilan 82 500 AQSH dollariga sotib, keyinchalik tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?