800 nafar xotin-qizga mehnat daftarchasi ochildi

Bugun Piskent tumanida pilla terishga kirishildi. Shu munosabat bilan tuman “Agropilla” MCHJda mavsumning ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda hokimlik, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va tegishli soha vakillari hamda Janubiy Koreyaning “Jin Juz Silk” MCHJ kompaniyasining respublikamizdagi boshqaruvchisi ishtirok etdi.
“Taraqqiyot” mahallasidagi “Pillakorlar” koʻchasida istiqomat qiluvchi Xalima Abdurahmonova bundan bir oy muqaddam 2 quti ipak qurti parvarishiga kirishgandi. Bugun mavsumida birinchi boʻlib, 110,6 kg 1-navli xomashyo topshirishga erishdi.
—Koʻchamizga bejizga “Pillakorlar” deb, nom berishmagan,— deydi u. — Ipak qurti boqish juda mashaqqatli ish. Shunday boʻlsa-da, qoʻni-qoʻshnilar bilan har yili pilla yetishtiramiz. Bu yil ham dastlabki kunning oʻzidayoq Shuhrat Abdurahmonov, Davron Maxamatmurodov, Raʼno Toliboyeva singari qoʻshnilarim belgilangan rejani uddaladilar. Pandemiya sharoitidagi cheklovlarga toʻliq amal qilgan holda ish yuritdik. Shu bois, uyda oʻtirib, halol mehnat qilib yaxshigina daromad topyapmiz. Bir kilogramm pillaga naviga qarab, 24 500 soʻmdan 34 500 soʻmgacha haq toʻlanmoqda.
“Bir oilaga bir quti” aksiyasi doirasida karantin davrida uyda qolgan va ish bilan band boʻlmagan 800 nafar xotin-qizlarning ushbu jarayonga jalb etilishi, ularga mehnat daftarchasi ochilib, ish staji belgilanishi aholining ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda. Pillakorlar Xitoydan keltirilgan serhosil yangi navli pilla qurti parvarishida joriy qilingan maxsus qoidalar va mutaxassislar tavsiyasiga qatʼiy amal qilib xomashyo salmogʻini yana-da koʻpaytirishga erishdilar.
Piskentlik pillakorlar bu yilgi mavsumda jami 2327 quti ipak qurti parvarishlab, 128 tonna eksportbop kumush tola yetishtirishni rejalashtirishgan.
Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring