75 ming gektar intensiv bogʻ va yangi uzumzorlar barpo etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi “Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazdi.
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birga, Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 30, 31 va 32 maqsadlarida qishloq xoʻjaligi sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalar oʻrin olgan. Xususan, qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xoʻjaligini yillik oʻsishni kamida 5 foizga yetkazish koʻzda kutilgan.
Shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga har yili kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish, suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmolini 7,3 mlrd. kVt. soatdan 6,9 mlrd. kVt. soatgacha kamaytirish, suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish maqsad qilingan.
Taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”da yuqoridagi 3 ta maqsadlarni bajarilishini taʼminlash yuzasidan 18 ta tadbirlar belgilangan va bularni 41 ta amalga oshirishi mexanizmlari orqali ijro etilishi nazarda tutilgan.
Seminarda mazkur hujjatda belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi orqali paxtadan oʻrtacha 40-45 sn., gʻallani 70-75 sn., 200 ming gektar paxta va gʻalla maydonlarida lazerli tekislashni joriy qilish, 110 ta meva-sabzavotchilik va 35 ta gʻallachilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, 75 ming gektar intensiv bogʻ va yangi uzumzorlar barpo etish, 129 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish, suv tejovchi texnologiyalarni 260 ming gektarda joriy etish, chorva ozuqa maydonini 722 ming gektarga yetkazish maqsad qilingani taʼkidlandi.
Joriy yilda Oʻrmon kodeksi, “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun hamda 11 ta normativ huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish belgilangani aytib oʻtildi.
Seminarda Taraqqiyot strategiyasining har bir yoʻnalishida belgilangan muhim vazifalar qishloq xoʻjaligini rivojlantirish bilan birga, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilishi eʼtirof etildi.
Yakunda deputatlar tomonidan farmon loyihasi boʻyicha bir qator takliflar bildirilib, qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring