74 nafar talabaga “Kon muhandislari” diplomi topshirildi

15:55 20 Fevral 2024 Jamiyat
79 0

Konchilik ishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi dunyoning eng rivojlangan davlatlardagina mavjud. Sababi bu kasb egalarini tayyorlash juda katta mablagʻ, moddiy-texnika baza hamda laboratoriyalarni talab etadi. Mazkur mamlakatlar soni oz boʻlib, ularning qatoriga AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya hamda Yevropa mamlakatlari kiradi. Ana shunday davlatlar roʻyxatiga Oʻzbekiston ham qoʻshildi, desak, mubolagʻa emas.

Joriy yilning 17-fevral kuni Olmaliq shahridagi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS filialida “Ochiq kon ishlari”, “Foydali qazilmalarni yer ostida qazib olish”, “Konchilik mashinalari va jihozlari”, “Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosliklari boʻyicha besh yarim yil taʼlimdan soʻng ilk marotaba 74 nafar talabaga “Kon muhandislari” diplomlari topshirildi.

Tantanali marosimda “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari С.Шерматов, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS filiali prorektori В.Петров, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimlari va filialning hamkor korxona hamda tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS Olmaliq filiali 2018-yili tashkil etilgan boʻlib, bugunga qadar togʻ-konchilik sohasida 241 ta mutaxassis tayyorlangan.

Hozirda filial taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻttizdan ortiq xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari hamda metallurgiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Shohsanam YOʻLDOSHEVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер