70 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi Buyuk Britaniyaga joʻnab ketdi

16:15 16 Dekabr 2022 Jamiyat
385 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi

Avval xabar qilinganidek, Prezident sovrini uchun joriy yilda oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etgan 70 nafar oʻquvchi va ularning 14 nafar ustozlariga Buyuk Britaniya davlatiga taʼlim sayohatiga borish uchun maxsus yoʻllanmalar berilgan edi.

Bugun mazkur ragʻbatga ega boʻlgan oʻquvchilar va ularning ustozlari taʼlim sayohati uchun Buyuk Britaniyaga yoʻl olishdi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident sovrini uchun 2022-2023 oʻquv yilida oʻtkazilishi belgilangan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan maktablardan arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

Mazkur turdagi arizalar 2022-yil 31-dekabrga qadar axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Tuman(shahar) bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:

1-oʻrin – 100 million soʻm;

2-oʻrin – 75 million soʻm;

3-oʻrin – 50 million soʻm.

Viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:

1-oʻrin – 250 million soʻm;

2-oʻrin – 200 million soʻm;

3-oʻrin – 150 million soʻm.

Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan:

1-oʻrin – 500 million soʻm;

2-oʻrin – 400 million soʻm;

3-oʻrin – 300 million soʻm

Umumiy natijaga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan maktablar ballar ketma-ketligiga koʻra 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер