7-8 soat uyqu, kun davomida 8-10 stakan suv ichish… Oʻrta xavf guruhiga mansub aholiga yana qanday tavsiyalar bor?

06:10 06 Aprel 2024 Jamiyat
585 0

Xabar berganimizdek, bugun yurtimiz boʻylab aholi oʻrtasida tibbiy xatlov oʻtkazilib, fuqarolar salomatlik koʻrsatkichlari boʻyicha toʻrt guruhga ajratib olinmoqda.

Avvalroq, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur guruhlarga kiruvchi aholiga alohida eslatmalar tayyorlangani va 1 tayanch guruhi — amaliy sogʻlom shaxslar hamda 2-past xavf guruhiga mansub fuqarolar uchun tavsiyalar eʼlon qilingan edi.

Bu gal 3-oʻrta xavf guruhi uchun moʻljallangan eslatmalar bilan tanishasiz.

Sogʻlom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling!

— kun davomida har 2 soatda kam-kamdan parhezbop (bugʻda, qaynatib yoki dimlab pishirilgan taomlar) isteʼmol qiling;

— kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, koʻkatlar isteʼmol qiling;

— yogʻli goʻsht, tarkibida mol yogʻi va trans yogʻlar (margarin) boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini imkon qadar kamaytiring;

— tarkibida osh tuzi koʻp boʻlgan mahsulotlar va tuzlamalarni cheklang;

Jismoniy faollik!

— 5-10 daqiqalik ertalabki badantarbiya;

— kun davomida salomatlik holatingizni inobatga olgan holda 25 daqiqa jismoniy mashqlarni bajaring;

— yurishni yaqin masofaga 500 qadamdan boshlang, kuniga 5 qadamdan qoʻshib boring;

— oʻzingizga yaqin hamroh bilan kamida 30 daqiqa kechki sayr qiling.

Oilaviy shifokor tomonidan qisqacha profilaktik individual maslahatlar!

— kun tartibini toʻgʻri shakllantiring (kunlik meʼyoriy 7-8 soatlik uyqu, vaqtida ovqatlanish va kun davomida 8-10 stakan suv ichish);

— oila aʼzolaringizning iliq munosabatlarini qadrlang.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер