Davlatobod tumanida 68 yoshli fuqaro test topshirdi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Davlatobod tumanidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat boʻlimi binosida test jarayonlarining birinchi kunida keksa fuqaro yoshlar qatorida sinov zaliga keldi. 68 yoshli Abdulboqi Maqsudov bir necha yildan buyon turizm yoʻnalishida ish olib boradi. Aynan, shu sohada oliy maʼlumotli boʻlishni maqsad qilgan.
— Oliygohlarga kirish imkoniyati kengayganini koʻrib, ahdim yanada qatʼiylashdi, — deydi yoshi ulugʻ abituriyent. — Oʻqish uchun Namangan muhandislik-texnologiya institutini tanlamoqchiman. Test sinovlariga hozirlik koʻrdim. Nasib qilsa, talaba boʻlaman, albatta.
Institut rektori maqsadi yoʻlida sobit turgan otaxonga muvaffaqiyat tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring