66 mingdan ortiq fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda

20:54 25 Aprel 2020 Jamiyat
849 0

AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov 25-aprel holatiga koʻra jami 66 415 nafar fuqaro uy sharoitidagi karantinda saqlanayotgani, Toshkent shahrining oʻzida ular 6 355 nafarni tashkil etayotganini aytib oʻtdi.

Taʼkidlanishicha, fuqarolarni nazorat qilish uchun yetarli miqdorda ichki ishlar va Milliy gvardiya tizimi xodimlari jalb etilgan.

Shohrux Gʻiyosov karantindagi har bir oilaga biriktirilgan kuch tuzilmalari vakillarining asosiy vazifasi karantinda qolayotgan shaxslarning boshqa shaxslar bilan aloqasining oldini olish, uydan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik ekanini aytib oʻtdi.

“Shuningdek, ichki ishlar xodimlari masofani saqlagan holda kerakli tavsiyalar berishi koʻzda tutilgan, ular karantin qoidalarini buzganlarga chora koʻrish huquqiga ega. Zarurat tugʻilganda xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda kerakli yordam koʻrsatishlari mumkin”, — dedi matbuot kotibi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?