600 milliondan ortiq pulga sotilgan “30 Z 777 ZZ” avtoraqami yana qayta sotuvga qoʻyildi

18:26 29 Yanvar 2021 Jamiyat
2231 0

Samarqand viloyatida “30 Z 777 ZZ” avtoraqami 2021-yil 4-yanvar kuni 637 million 668 ming soʻmga sotilgani haqida xabar berilgandi. Bu holat jamoatchilik oʻrtasida katta muhokamalarga sabab boʻlgan.

Bugun, 29-yanvar kuni esa mazkur “30 Z 777 ZZ” raqami Samarqand viloyati IIB YHXB RIB tomonidan 111 mln 500 ming soʻm boshlangʻich narx bilan yana qayta sotuvga qoʻyildi. Onlayn auksion jarayoni tugashiga 6 kun 18 soat vaqt bor.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?