60 yoshda tugʻilganlik haqida guvohnomaga ega boʻldi

14:39 26 Yanvar 2024 Jamiyat
264 0

Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Huquqiy aksiya doirasida: Izboskan tumanida yashovchi lnoyatxon xolani tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud boʻlmaganligi bois tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan va yoshligidan Asaka tumanidagi nogironligi boʻlgan bolalar maktab internatida hamda 1993-yildan “Muruvvat” internat uyida yashagan.

Izboskan tumani adliya boʻlimi tomonidan Inoyatxon xolani tugʻilganlik fakti sud idoralari orqali tasdiqlandi va FHDYO boʻlimi tomonidan tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Endilikda, tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер