60 mln evaziga Buxoro davlat universitetiga oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan talabalar ushlandi

01:26 23 Iyul 2021 Jamiyat
437 0

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Gʻijduvon tumani, Paxtaobod mahallasida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan Toshkent Davlat Agrar Universitetining 4-bosqich talabasi, I.O. va Samarqand viloyati Narpay tumani Toshrabod mahallasida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetining 3-bosqich talabasi U.Sh. bilan birgalikda, fuqaro Q.J.ning ishonchiga kirib, uni Buxoro davlat universitetining iqtisod fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan holda, Buxoro shahar A.Gʻijduvoniy koʻchasida joylashgan teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi yonidagi avtoturargohda kimyoviy ishlov berilgan 60.000.000 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan I. O. va U.Sh. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?