60 mingdan ziyod talabalarning turar-joy masalasi hal etib beriladi va bunga joriy yilda byudjetdan 50 milliard soʻm ajratiladi

18:55 16 Iyun 2021 Jamiyat
287 0

— Yotoqxona oʻrinlari sonini oshirish hisobiga qoʻshimcha 22 ming, ijara toʻlovini qoplash orqali 60 mingdan ziyod talabalarning turar-joy masalasi hal etib beriladi va bunga joriy yilda byudjetdan 50 milliard soʻm ajratiladi. — deya taʼkidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, — Boʻsh maydoni boʻlgan oliygohlar oʻz hududida, boʻsh maydoni boʻlmaganlari 1,5 kilometrgacha masofada tadbirkorlarga yotoqxonalar tashkil etish uchun yer auksion orqali ajratiladi.

Oliygoh rektori, viloyat hokimlari bu tadbirkorlar bilan kamida 20 yil muddatga shartnoma imzolab, binoning birinchi va ikkinchi qavatini biznes uchun (koʻngilochar xizmatdan tashqari) tadbirkorga berish, yuqori qavatlarini arzon turar joy (xostel) tashkil etish shartlari belgilanadi.

Talabalarning turar-joyi xarajatlarini 50 foizini byudjetdan qoplab beriladi. Bu tadbirkor uchun — kafolatli mijoz, birinchi va ikkinchi qavatidagi biznesi uchun katta bozor, talaba uchun — qulay va arzon sharoit, oliygohga esa — mablagʻni tejash va ularni taʼlim sifatini oshirish uchun yoʻnaltirishga katta imkoniyat hisoblanadi.

Prezidentimiz tomonidan viloyat hokimlari bir hafta muddatda talabalarga qulay hududlarda yotoqxonalar qurish boʻyicha yer maydonlarini belgilab, auksionga chiqarilishi, viloyat hokimlari, rektorlar ikki hafta muddatda ushbu yangi tashabbusni tadbirkorlar eʼtiboriga yetkazib, xususiy sheriklik asosida qurilishni boshlanishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?