6-mart kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 6-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6, kunduzi 11-13 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Ustyurtda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor aytilgan. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-2 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻlishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring