590 ming AQSH dollarini Qirgʻizistonga oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslarga sud hukmi oʻqildi

14:50 15 Yanvar 2024 Jamiyat
260 0

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri, Andijon va Namangan viloyatlaridagi yirik savdogar va tadbirkorlarning juda koʻp miqdordagi xorijiy valyutalarini aylanma yoʻllar orqali Qirgʻiz Respublikasiga oʻtkazish bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1998 va 2002-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs joriy yilning may oyida Toshkent shahrida juda koʻp miqdordagi chet el valyutalarini qabul qilib olib, ularni jinoiy sheriklariga yetkazish uchun Fargʻona viloyati tomon yoʻl olishadi.

Fargʻona viloyatining Yozyovon tumani hududida ular ushbu xorijiy valyutalarni Qirgʻiz Respublikasiga bojxona nazoratini chetlab, oʻtkazishi kerak boʻlgan, Quvasoy shahrida yashovchi, 1999 й.т. fuqaro bilan uchrashgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Ular harakatlanib kelgan “Spark” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonida 4 dona qora rangli polietilen paketlarga oʻralib, skotch bilan mahkamlangan jami 590.945 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruh yetakchisi boʻlgan Quvasoy shahrida yashovchi, 1981 й.т. shaxs ham qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Natijada, jinoyat ishlari boʻyicha Namangan tuman sudi tomonidan ushbu shaxslarning 2 nafariga nisbatan 5-yil, qolgan 2 nafariga nisbatan esa 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan 590.945 AQSH dollari va “Spark” rusumli avtomashina davlat egaligiga oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер