58 yoshli oʻzbekistonlik Qozogʻistonda uch yil mehnat qulligida ushlab turilgani aniqlandi

Illyustrativ foto
Qozogʻistonda 58 yoshli oʻzbekistonlikni uch yil davomida mehnat qulligida ushlab turishgani aniqlandi. Undan hujjatlari olib qoʻyilgan va jismoniy tazyiq oʻtkazilgan.
Bu haqda Qozogʻiston ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi. Ularning aytishicha, Oʻzbekistonning 58 yoshli fuqarosi uch yil davomida mehnat ekspluatatsiyasiga duchor boʻlgan, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Aktyubinsk viloyatidagi dehqon xoʻjaligi rahbari ushbu erkak kishidan hujjatlarini olib qoʻygan va unga jismoniy tazyiq oʻtkazish orqali tahdid qilgan. Oʻzbekiston fuqarosi omborxonada yashab, chorvaga qaragan.
Ushbu holat boʻyicha Qozogʻiston jinoyat kodeksining odam savdosi moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring