54 000 AQSH dollariga teng boʻlgan chet el valyutasi noqonuniy ravishda olib chiqilishiga chek qoʻyildi

20:20 05 Avgust 2022 Jamiyat
693 0

54 000 AQSH dollariga teng boʻlgan chet el valyutasi noqonuniy ravishda olib chiqilishi bojxona xodimlari tomonidan toʻxtatildi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari piyoda holda kirib kelgan ikki nafar yoʻlovchining qoʻl sumkalari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida non orasiga yashirilgan 18 000 AQSH dollari hamda yana bir fuqaro kiyimlari ichiga oʻrab yashirilgan 18 000 AQSH dollari va yana bir fuqaro belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, eginidagi shimining chap choʻntagida va qorin qismiga kamar bilan qistirilgan holda yashirilgan, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilmagan 18 000 AQSH dollari borligi aniqlandi.

Fuqarolar tomonidan boshqa bir fuqarodan umumiy qiymati 54 000 AQSH dollariga teng boʻlgan chet el valyutasini davlatimizdan qoʻshni davlatga maʼlum bir haq evaziga olib oʻtayotganligi maʼlum qilishdi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?