50000 dollar evaziga AQSHga yubormoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga tushdi

Xabar berib borayotganimizdek, chet ellarga, ayniqsa, Amerika Qoʻshma Shtatlariga noqonuniy ravishda chiqishga harakat qilayotgan, bundan tashqari, moʻmay daromad evaziga qonunlarni mensimay yurtdoshlarimizning mamlakatimizni noqonuniy ravishda tark etishiga koʻmaklashayotgan kimsalarning kirdikorlari fosh etilmoqda.
Jumladan, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlardan birida 1996-yilda tugʻilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50.000 AQSH dollari evaziga “Toshkent-YEI-Meksika-AQSH” yoʻnalishi orqali AQSHga joʻnatishni vaʼda qilib, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan “avans” sifatida 10.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina koʻzdan kechirilganida esa fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qiziga tegishli ID-karta, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillarning barchasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hoqonuniy yoʻllar bilan xorijga chiqib, boyib ketishni koʻzlagan kimsalarning chet elda “oshigʻi olchi boʻlishiga” hech kim kafolat bermaydi. Bunday insonlarga “yordam qoʻlini choʻzayotgan” “saxovatpeshalar”ga esa qonuniy chora koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring