5 yillik stajga ega oʻqituvchilarga 1000 ta kvota ajratilgan. U talabalikka tavsiya etilmagan pedagoglar uchun qoʻllaniladi
Foto: Illustrativ surat
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-oʻquv yilida umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar uchun pedagogika oliy taʼlim muassasalarida bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul koʻrsatkichlarining oliy taʼlim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
Unga koʻra, kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy taʼlim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.
Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar uchun qoʻllanadi.
Bunda tanlov Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar roʻyxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring